AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining “Karni” mina taşuvçi esminetsi Qora dengizga kirdi. Bu haqda harbiy-dengiz kuçlarining 6-floti matbuot xizmati ma'lum qildi.
Bundan avvalroq 2017 yilda Suriyadagi aviabazani öqqa tutişda iştirok etgan “Ross” esminetsi ham Qora dengizga kirgandi. Keyinroq unga “Karni” qöşilgani ma'lum bölgan.
Ta'kidlanişiça, kemalarning dengizga kirişidan maqsad “dengizda xavfsizlikni ta'minlaş böyiça amaliyot ötkaziş” va “NATO davlatlari va hamkorlari flotlari jangovar tayyorgarligi va imkoniyatlari hamda mintaqaviy barqarorlikni oşiriş” hisoblanadi.
“Biz Qora dengizda tinçlik va barqarorlikni qöllab-quvvatlaş uçun mustahkam aloqalarni yaratiş istagidamiz. Bu yerda bölişimiz ittifoqdoşlarga bizning uşbu hududda xavfsizlikni ta'minlaşga sodiqligimiz borasida işonç beradi”, deb aytgan kema sardori Brayan Gallo.
“Ross” esminetsi Aegis raketaga qarşi mudofaa tizimi va “Tomagavk” raketalari bilan qurollangan.












