"Yandeks"da kompaniyaning haydovçisiz avtomobil prototipi Moskva köçalari böylab harakatlanayotgani namoyiş etilgan video taqdim etildi. Rolik YouTube'ning "Yandeks.Taksi" kanaliga joylandi.
"Yandeks" ötgan yilning noyabrida avtopilot sinovlariga start bergan. Öşanda maşinalar yopiq hududlar böylab harakatlangan, endi esa ular barça birdek foydalanuvçi umumiy köçalarda sinalgan. Bu avtomobil turargohlardagi maşinalarni çetlab ötib, yölovçilarni ötkazib yuborib, soatiga 20-30 kilometr tezlikda harakatlangan.
Kompaniya elektronikani noqulay şart-şaroitlarda töğri yönaliş olişga örgatmoqda, ya'ni ular hozirda qor bilan qoplangan köçalar va belgilar böylab harakatlanmoqda. Bundan taşqari, "Yandeks" yaxmalak şaroitlarida harakatlanişning maxsus algoritmlarini işlab çiqmoqçi.
"Yandeks" avtopilotli ilk prototipini 2017 yilning bahorida namoyiş qilgandi. Kompaniyaning sinovdagi avtomobillari Toyota Prius gibridi bazasida qurilgan, şuningdek Velodyne va Nvidia firmalari qurilmalari bilan jihozlangan. Rossiya kompaniyasi dasturiy ta'minotni mustaqil tayyorlamoqda.

















