Italiya A seriyasining 25-turidan örin olgan markaziy uçraşuvlardan biri bölib ötdi. Unda Turinning ikki jamoasi özaro kuç sinaşdi.

«Torino» mezbonlik qilgan uçraşuv taqdirini Aleks Sandro tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Braziliyalik futbolçi bu goli bilan «Yuventus»ga A seriyadagi ketma-ket 9-ğalabani taqdim etdi.

Uşbu ğalabadan keyin «Yuventus» oçkolari sonini 65taga yetkazib oldi va turnir jadvalida birinçi öringa kötarildi. Hozirgaça peşqadamlik qilayotgan «Napoli» esa öz öyinini endi ötkazadi.

Italiya A seriyasi
25-tur

Torino – Yuventus 0:1 (0:1)
Gol: Aleks Sandro (33).
Torino: Sirigu, Burdisso, Nkulu, Molinaro, Ansaldi, Obi (Akkua, 72), Rinkon, Yago Falke, Bazelli (Nyang, 55), de Silvestri (Edera, 80), Belotti.
Yuventus: Şçensni, Kellini, Rugani, De Şilo, Aleks Sandro, Xedira, Asamoa, Sturaro, Pyaniç, Duglas Kosta (Dibala, 66), Iguain (Bernardeski, 15; Lixtştayner, 90).
Ogohlantirişlar: De Şilo (65), Molinaro (90).