Yangi körinişdagi haydovçilik guvohnomalarini beriş tizimi yana işga tuşdi, deb xabar qilmoqda Carzone.uz Facebook’dagi guruhlardan biriga tayangan holda.
“Haydovçilik guvohnomasi oliş jarayoni biroz osonlaşgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozişga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan söng kassaga pul töladim. Bunga kassada navbat bölgani tufayli 10 daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3 xonaga topşirdim – 15 daqiqa. Söng 5 kabinetda suratga tuşdim – yana 10 daqiqa. Öşa yerda barça hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umuman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming söm pul ketdi”, — deb yozib qoldirgan foydalanuvçilardan biri.
Uning aytişiga köra, yangi körinişdagi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun pasport, haydovçilik guvohnomasi, talon va ekzamen varaqasi kerak bölgan xolos. Tölangan pulning 121 ming sömi kassaga 5 ming sömi ariza töldirişga ketgan.
“Şundan boşqa heç qanday ma'lumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovçilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti kerak emas!”, — deb qat'iy ma'lumot bildirgan guruh a'zosi.
Yuqorida aytib ötilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15 fevral kuni bölib ötgan. Eslatib ötamiz, bir neça kun oldin yangi körinişdagi haydovçilik guvohnomalari beriş vaqtinça töxtatilgani xabar berilgan edi.












