Jamiyat | 11:45 / 19.02.2018
30276
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan shahridagi chiqindixona oldidan chaqaloq jasadi topildi 

Namangan shahrining Sardoba mahallasida chaqaloq jasadi topildi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 16 fevral kuni soat 13:45da Namangan shahar IIB HPB TP inspektori tomonidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, shaharning Sardoba mahallasi Navoiy ko‘chasida joylashgan “Alimpus” nomli rasmxona binosi orqa tarafida bo‘lgan chiqindixona oldiga yangi tug‘ilgan, erkak jinsiga mansub chaqaloq jasadi qora rangli tselofan paketga solingan holatda tashlab ketilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada ayol o‘z chaqalog‘ini o‘ldirgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid