Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yil 1 martdan kapital amnistiya qilinişi haqidagi qonunlar paketini imzoladi. Bu haqda huquqiy axborot portalida ma'lum qilingan.
Kapital amnistiyasi ofşorlardan kapitallarni olib çiqiş va ularni Rossiyaga qaytariş uçun uzaytirilmoqda.
Birinçi qonun loyihasi 2018 yil 1 martdan 2019 yil 28 fevralgaça “kapital amnistiyasini” köngilli tarzda deklaratsiya qilişning 2-bosqiçi muddatlarini örnatadi.
Ikkinçi qonun loyihasi nazorat qilinuvçi xorijiy kompaniyalarni tugatişning oxirgi muddatlarini 2019 yil 1 martgaça uzaytiradi hamda birinçi qonun loyihasini amalga oşiriş uçun zarur özgarişlarni kiritadi.
Amnistiyaning 1-bosqiçi 2015 yil 1 iyuldan 2016 yil 30 iyungaça davom etgan. 2-bosqiç muddati 2018 yil 1 martdan 2019 yil 28 fevralgaça qilib örnatiladi. 2-bosqiçda deklaratsiya topşiradiganlarga 1-bosqiçda taqdim qilingan kafolatlar saqlanib qoladi.












