Özbekiston Respublikasi prezidenti “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga ikki oy muddatda “Özbekiston poçtasi” AJ poçta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va suğurta xizmatlarini körsatiş, şu jumladan tölovlarni qabul qiliş va ötkaziş, bank kartalariga xizmat körsatiş, aholining böş pul mablağlarini jalb qiliş, ixtiyoriy va majburiy suğurta qiliş xizmatlari va autsorsing şartlarida boşqa xizmatlarni körsatiş huquqlarini taqdim etiş masalasini örganiş hamda uşbu bandni amalga oşiriş böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiş vazifasi yuklandi. 

Vazirlik Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi bilan birgalikda uç oy muddatda quyidagilar böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi: 

“Özbekiston poçtasi” AJni, şu jumladan çet el maslahatçilarini jalb qilgan va ilğor xalqaro tajribani örgangan holda isloh qiliş; 

poçta aloqasi operatorlari va kurerlarining tarmoğini rivojlantiriş, xorijda xalqaro poçta jönatmalarining almaşinuv punktlarini taşkil etiş.