Yaponiya hukumati yaqin olti yil içida 25 ta F-35A qiruvçisini sotib olişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Reuters uç nafar manbaga asosan xabar berdi.
«Byudjyet va işlab çiqariş rejalari hisobga olingan holda, taxminan 25 ta samolyotni xarid qiliş töğri böladi, deb hisoblanmoqda», - deya xabar bergan manba.
Xabarga köra, har bir tayyor qiruvçi mamlakatga taxminan 100 mln dollarga tuşadi. Manbaning ta'kidlaşiça, samolyotlarni mamlakatda yiğib ötirmasdan, AQŞdan töğridan töğri xarid qiliş rejalaştirilgan.












