Biz tug‘ilganimizda birinchi ovozdan tortib, hayotdagi turli vaziyatlar, bizga kimgadir tasalli berish, yupatish kerak bo‘lgan, yoki bizga o‘z fikrimizni va g‘oyalarimizni ifodalash juda zarur bo‘lgan holatgacha — tomog‘imiz doimo bizga yordam beradi.
Sog‘lom tomoq — bizning gapirishimizga imkon beradi. Ushbu tub asosiy g‘oya Septolete®total dori preparati uchun asos bo‘lgan, u sog‘lom tomoqning kuchini ulug‘laydi.
Afsuski, umrida biron marta tomoq og‘rig‘i bezovta qilmagan inson bo‘lmasa kerak. Bu holat kattalar va bolalarda, erkaklar va ayollarda bir xil uchraydi va hech kim tomoq og‘rig‘idan himoyalanmagan.

Tomoqda og‘riqning sabablari
Tomoqdagi og‘riq sabablari bo‘lishi mumkin:
- viruslar;
- bakteriyalar;
- zamburug‘lar;
Kattalarda tomoq kasalliklarining 50-95% qismi va bolalarda 70% qismi respirator viruslar tufayli yuzaga keladi: adenoviruslar, grippviruslari, hamda bolalarda gerpesviruslari.
20% dan ham kamroq holatlarda tomoqdagi og‘riq sababi bakteriyalar bo‘ladi, ko‘pincha bular streptokokklar va stafilokokklardir.
Kandida (Candida) turidagi zamburug‘lar kam hollarda tomoqning yuqumli shikastlanishiga olib keladi, odatda bu og‘iz bo‘shlig‘ining normal mikroflorasi buzilganda (masalan, antibiotiklar bilan davolash yoki kimyoviy davolash tufayli) yuz beradi.

Tomoq og‘rig‘ini nima bilan davolash kerak
Ko‘pincha, tomoq kasalligining sabablari bakteriyalar bilan bog‘liq emas, shuning uchun ba'zi xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomoqda og‘riqni davolash uchun antibiotiklarni qo‘llashni tavsiya qilmaydi.
Tomoq og‘rig‘ini davolash uchun mahalliy vositalar antibiotiklar bilan tizimli davolashning muqobil imkoniyatidir.














