Bugun Yevropa Çempionlar Ligasida nimçorak finalning sönggi juftliklari dastlabki bahsda maydonga tuşişadi. «Şaxtyor» öz maydonida «Roma»ni qabul qilsa, «Sevilya» «Ramon Sançes Pesxuan»da «Mançester Yunayted»ni qabul qiladi.
E'tiboringizga köpçilik tomonidan qiziqiş böladigan ikkinçi juftlik haqida bilganlarimizni havola qilamiz.
UÇRAŞUVLAR TARIXI
Bu ikki jamoa heç qaçon rasmiy öyinlarda kuç sinaşişmagan. «Sevilya» va «Mançester Yunayted» örtasidagi yagona uçraşuv örtoqlik maqomida bölib, 2013 yilning yozida bölib ötgan va öşa öyinda ispanlar 3:1 hisobida ğalaba qozonişgan.

Umuman «Mançester Yunayted»ning ispan jamoalariga qarşi u qadar yaxşi statistikaga ega emasligini qayd etiş mumkin. Xususan, Mançester klubi ispan jamoalariga qarşi ötkazgan sönggi 14 uçraşuvda atigi 7 gol urgan xolos. Bu öyinlarning birortasida ham «Mançester Yunayted» 1 dan ortiq gol urişni uddalay olmagan.
Şu bilan birgalikda, inglizlarni xursand qiladigan fakt ham bor – «Sevilya» Yevropa Çempionlar Ligasida doirasidagi pley-offlarda öz maydonidagi öyinlarda darvozasini quruq saqlay olmagan. Mehmonlar doim gol urişga muvaffaq bölişgan.
«Sevilya» guruh bosqiçida boşqa bir ingliz jamoasi – «Liverpul» bilan bir guruhda töp surdi. «Enfild»dagi öyinda tomonlar 2:2 ga «rozi bölişdi», Sevilyadagi öyinda esa, mezbonlar 0:3 hisobida orqada borayotib, vaziyatni tenglaştirişning uddasidan çiqişgandi.
JAMOALARNING BUGUNGI HOLATI
«Sevilya» şu oyning boşida kutilmaganda, «Eybar»da 1:5 hisobida mağlubiyatga uçragandi. Ammo keyingi uç öyinda qatorasiga ğalaba qozondi va beşinçi öringa kötarilib oliş bilan birga, yöl-yölakay Ispaniya kubogi finaliga ham çiqdi. Yanvar oyida andalusiyaliklarning kubok çorak finalida «Atletiko» kabi kuçli raqib ustidan ikki marta ğalaba qozonganini ta'kidlaş joiz.

«Mançester Yunayted» ham sönggi öyinini mamlakat kubogi doirasida ötkazdi va «Haddersfild» ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Umuman, yangi yilda Mourino jamoasi himoyada ança işonçli öynab, pragmatik natijalar qayd etayotganini aytiş kerak. Jamoa sönggi 10 uçraşuvning 8 tasida öz darvozasini daxlsiz saqlay oldi. Şu bilan birga, APLdagi sönggi ikki safar öyinida «Mançester Yunayted» mağlubiyatga uçragani e'tiborga molik.













