Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 112-son qarori bilan ölçaş funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini (qiyoslaş), şuningdek tibbiy texnikani davriy sinovlardan ötkaziş tartibi belgilandi, deb yozmoqda Norma.uz.

Ma'lumot uçun: metrologik nazorat – davlat metrologiya xizmati tomonidan ötkaziladigan ölçov laboratoriya texnikasi körsatkiçlari sozligi ustidan nazorat.  

Xususiy tibbiyot taşkilotlari, şuningdek Soğliqni saqlaş vazirligi, tuzilmasida tibbiyot taşkilotlari bölgan vazirliklar va idoralar tibbiy texnikaning qiyoslaş va davriy sinovlardan ötkazilişini ta'minlaşlari şart. Bundan taşqari, tibbiy texnikaning metrologik ta'minoti va unga texnik xizmat körsatiş uçun mas'ul xodimlar malakasini oşiriş majburiyati ular zimmasiga yuklanadi.

Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş ITI negizida, xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda bunday mutaxassislarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş kurslari taşkil etiladi.

Quyidagilar tegişinça ikki va uç oylik muddatda tasdiqlanadi:

• qiyoslaş va davriy sinovlardan ötkazilişi lozim bölgan tibbiy texnika röyxati;
• tibbiy laboratoriyalarning sifatiga va kompetentligiga qöyiladigan talablarni belgilaydigan standartlar.  

Tibbiyot taşkilotlarida foydalaniladigan, öquv (namoyiş qiliş) maqsadlari uçun qöllaniladiganidan taşqari, ölçaş funksiyalariga ega bölgan barça tibbiy texnika (bundan keyin – ÖFTT) metrologik nazoratdan ötkazilişi lozim.

ÖFTT işlab çiqarişdan foydalanişga çiqarilişda, ta'mirlaşdan söng, şuningdek foydalaniş jarayonida qiyoslaşdan ötkaziladi.

Quyidagilarda taşkil etiladigan statsionar va köçma laboratoriyalar nazoratdan ötkazadilar:

• Özbekiston milliy metrologiya instituti;
• «Özstandart» agentligining hududiy sinov va sertifikatlaştiriş markazlari.

ÖFTTni transportda taşiş imkoni mavjud bölmaganda qiyoslaş bevosita ular joylaşgan joylarda, qiyoslovçilarni xizmat safariga yuboriş yöli bilan ötkazilişi mumkin.