Toşkentning Uçtepa tuman sudi tomonidan Saidkamron Saidvohidovga hukm çiqarildi. U Toşkent yuridik kollejida 2017 yil oktabrida yuz bergan piçoqbozlik yuzasidan asosiy ayblanuvçiga aylangan. Bu haqda «Yoşlar» telekanalidagi lavhada xabar qilindi.

Tuman sudi hukmi bilan kursdoşining umriga zomin bölgan S.Saidvohidov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktabr oyi boşlarida Toşkent yuridik kollejida qotillik röy bergani, bir öquvçi boşqasini piçoqlagani xabar qilingandi. Dekabr oyi oxirida esa Toşkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova ayni vaqtda qamoqda saqlanayotgani, unga nisbatan davlat byudjyeti mablağlarini yirik miqdorda talon-toroj qiliş, yuridik kollejga noqonuniy yöl bilan öqişga kirgan talabalarga diplomlar beriş kabi ayblovlar ilgari surilayotgani ma'lum bölgandi.