Özbekiston va Tojikiston örtasida işbilarmonlar kengaşi tuziladi, deb xabar berdi “Xalq sözi” naşri.
Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramovning aytişiça, mazkur kengaşning birinçi yiğilişi prezidentning Tojikistonga amalga oşiradigan davlat taşrifi doirasida taşkil etiladi.
Uşbu taşabbus Özbekiston tomonidan bildirilgan. Kengaşda har ikki mamlakat tadbirkorlarini qiziqtiradigan masalalar muhokama etiladi.
Kengaş doirasida Özbekiston va Tojikiston örtasida qariyb 15 mln AQŞ dollariga teng eksport-import şartnomalarini imzolaş közda tutilyapti.












