Amerikaning Florida ştatidagi Orlando şahrida yaşovçi qiz delfinlarni jalb qilişda oddiy taroqdan foydalandi. Daily Mail taqdim etgan video şundan dalolat beradi.

Qizçaning oila a'zolari tomonidan olingan videoda u taroqni rezervuar şişasiga yaqinlaştiradi va uning "tişlari"ga tegib öziga xos tovuş çiqaradi. Bunday tovuşni eşitgan delfinlar kiçik amerikalik qizça tomon oşiqişdi. 

Qizçaning otasi aytişiça, u avval delfinlarni boşqa usullar bilan jalb qilişga harakat qilgan. "U turli öyinçoqlar, mobil telefondan foydalangan, şişani taqillatgan, turli xatti-harakatlar qilgan", - deydi u. Delfinlar unga e'tibor qaratişmagan.

Qizça öz "muammosi" yeçimini internetdan izlagan va taroq bilan boğliq tryukni topgan. Okeanariumga navbatdagi taşrif davomida u tavsiyaga amal qilib, delfinlarni jalb qilişga muvaffaq bölgan.