Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisidagi qarori e'lon qilindi.
Qarorda sönggi yillarda oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarini topşiruvçi abituriyentlar sonining oşib borişi yiliga örtaça 10 foizni taşkil etayotgani, 2016 yilda 663 ming, 2017 yilda 729 mingdan oşiq abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşirgani, 2018 yilda bu raqam 810 mingdan ortiq bölişi kutilayotgani qayd etilgan.
Abituriyentlar soni keskin oşişi tegişli ravişda test sinovlari jarayoniga davlat boşqaruvi organlari bilan kelişilgan holda jalb etilayotgan nazoratçilar soni va test materiallarini sifatli tayyorlaş bilan boğliq işlar hajmini oşiriş zaruratini tuğdirmoqda.
Test sinovlari jarayoniga jalb etilayotgan iştirokçilar soni va test materiallarini sifatli tayyorlaş bilan boğliq iş hajmining ortib borişi tanlangan bino va auditoriyalarning jihozlanişi belgilangan talablarga javob bermasligiga, binolar oliy ta'lim muassasalarida taşkil etilgan boş ştabdan uzoq masofada va tarqoq joylaşişiga olib keldi. Buning natijasida test sinovlarini nazorat qiliş sifatining keskin tuşib ketişi, amaldagi tartibda test sinovlarini ötkazişda qator muammolar yuzaga kelişi kuzatildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kiriş test sinovlarini ötkaziş tartibini takomillaştiriş töğrisida" 2017 yil 16 noyabrdagi PQ-3389-son qarori bilan 2018-19 öquv yilidan boşlab kiriş test sinovlarining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, ularni katta siğimdagi binolarda videokuzatuvlar orqali keng jamoatçilikka onlayn rejimda kuzatib boriş imkoniyatini yaratgan holda ötkaziş, test sinovlari natijalarini test ötkazilgan kunning ertasiga rasmiy saytda e'lon qiliş belgilangan.
Test sinovlari bilan boğliq bölgan işlarni sifatli, öz vaqtida va samarali amalga oşiriş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining vazifalari va funksiyalarini, şuningdek, uning hududlardagi bölimlarini taşkil etişni taqozo etmoqda.
Davlat test markazining faoliyatini yanada takomillaştiriş va unga yuklangan vazifalarning ijrosini yuqori darajada ta'minlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, Davlat test markazi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişda test sinovi orqali tanlab olişga oid davlat siyosatini amalga oşiruvçi yagona vakolatli davlat boşqaruvi organi deb hisoblanadi.
Quyidagilar Davlat test markazining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
















