Köçmas mulk sohasida megaqimmat loyihalarga qiziqişi bilan ma'lum bölgan Dubayda milliard dollarlik mehmonxona – Royal Atlantis Resort & Residences qurilmoqda. Fors körfazi böyida joylaşadigan majmua jyeng deb nomlanuvçi öyin bloklaridan tuzilganga öxşaydi, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.
Mehmonlar uçun nomerlar va apartamentlarga ega öta zamonaviy majmua 2019 yil oxirida oçilişi kerak. 43 qavatli bino 2-3 qavat balandlikdagi alohida bloklardan taşkil topadi. Majmuada 231 ta kvartira böladi. Ularning narxi 1,9 mln dollardan boşlanadi.
Öziga bunday katta pulni sarflaşga ijozat bera olmaydiganlarga mehmonxona nomerlar taklif qilmoqda. Bunday nomerlardan deyarli 800 ta mavjud. Majmua mehmonlari ixtiyoriga uning turli qismlarida joylaşadigan spa-salonlar, trenajyor zallari, restoranlar hamda 90 taga yaqin suv havzasi hamda xususiy plyaj taqdim qilinadi. Majmua sun'iy orol Palm Jumeyrada qurilayotgan bölib, uning oynalaridan sohil böylab joylaşgan baland binolar va mehmonxonalarga ajoyib manzara oçiladi.
Majmua direktori Osom Galadariyning aytişiça, Royal Atlantis amirlikning eng tantiq fuqarolari uçun ham qimmatbaho köçmas mulk haqidagi tasavvurni yangi darajaga olib çiqadi.


















