AQŞ prezidenti maktab öqituvçilari va xodimlariga jinoyatçilarning hujumidan himoyalaniş uçun yaşirin tarzda qurol olib yurişga ruxsat berişni taklif qildi.
AQŞda qurol aylanmasini çeklaş haqida bahslar Parklend şahridagi maktabda otişma sodir etilgandan keyin yana yangi kuç bilan boşlandi.
“Bunda öqituvçining yonida yaşirin qurol bölardi. Ular maxsus tayyorgarlikdan ötardilar. Ular maktabda bölardilar va boşqa quroldan xoli hudud bölmasdi”, deb aytgan Tramp maktablar öqituvçilari va öquvçilari bilan uçraşuvda. Uçraşuvda otişma sodir etilgan maktab vakillari ham qatnaşgan.
Tramp jinoyatçilar aynan şunday “quroldan xoli hududlar”da odamlarni öqqa tutib va ularga heç kim javoban öq otmasligini tuşungan holda xinoyatlarni sodir etişga harakat qiladilar. U öqituvçilarni qurollantirişdan taşqari, maktablarga sobiq harbiylarni qöriqçilar qilib olişni taklif qilgan.
Tramp, hujumlar örtaça 3 daqiqa sodir etilişi, politsiyaga esa voqea joyiga yetib keliş uçun 5-10 daqiqa talab qilinişini eslatib ötdi. Tramp “uning taklifiga köpçilik qarşi bölişini, biroq boşqalarga ma'qul kelişini” aytgan.
Prezident qurol sotib olişga ruxsatlarni berişda tekşiruv qoidalarini jiddiy qat'iylaştirişga va'da berdi. Uning aytişiça, keyingi haftada bir qator ştatlar vakillari bilan maktablardagi xavfsizlik mavzusi muhokama qilinmoqçi. “Biz eng jiddiy, eng muhim, naf beradigan takliflarni tanlab olamiz va ular işlaşi uçun barça işni qilamiz”, deb aytgan Tramp.
AQŞda qurol olib yuriş huquqi konstitutsiyaga ikkinçi tuzatma bilan kafolatgan.
Hozirda sudlanganlik, ruhiy kasallik mavjudligi va boşqa omillar qurol sotib olişda tösqinlik qilişi mumkin, biroq oxirgi ommaviy qotilliklarning körsatişiça, bu tizim köpinça pand bermoqda.
Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida qurol sotişni çeklaşni qöllab-quvvatlagandi.












