Özbekistonning Samarqand viloyati bilan Tojikistonning Söğd viloyatini boğlab turuvçi “Sarazm-Jartepa” nazorat-punktidagi katta devor buzib taşlandi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.

Devorni buziş marosimida har ikki davlat çegaraçilari delegatsiyalari iştirok etdi. Ikki davlat sarhadidagi mazkur tösiq 2010 yilda qurilgan bölib, uning balandligi 3 metr va uzunligi 10 metrga teng edi.

Tojikiston davlat hokimiyati vakillarining qayd etişiça, mazkur punktda terminal, mehmonxona va avtoturargoh barpo qilinadi.

Panjikent tumani Sarazm qişloğida yaşovçi Osim Jamolovning aytişiça, mahalliy aholi çegaradagi özgarişlarni bir-biriga qöşni ikki mamlakat örtasidagi aloqalar yanada yaxşilanib borayotganining yana bir tasdiği deb biladi.

Tojikistonlik jurnalist Şohin Ravşan esa ayni paytda Panjikentda Navröz bayramiga qizğin tayyorgarlik körilayotganini ta'kidlar ekan, bayram tadbirlarida Özbekistondan delegatsiya taşrif buyurişi ham kutilayotganini e'tirof etdi.