Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligida Afğoniston Islom Respublikasi prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qiliş uçun maxsus vakili Ş.Korgan boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazildi.

Uçraşuvda, Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğanining 2017 yil 4-6 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasiga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarning amaliy bajarilişi muhokama qilindi. Afğon bozoriga maişiy texnika, transformatorlar, kabel va sim mahsulotlari, trikotaj mahsulotlari, mahalliy yengil va yuk maşinalari, avtobuslar asosida qişloq xöjaligi va maxsus texnikani muntazam ravişda yetkazib beriş orqali özaro savdoni diversifikatsiya qiliş imkoniyatlariga alohida e'tibor berildi.

Öz navbatida, afğon vakillari tomonidan Özbekiston Respublikasidan Afğonistonga elektr energiya, dori vositalari, kabel va sim mahsulotlari, şuningdek, Özbekistonda işlab çiqarilayotgan qişloq xöjaligi texnikasi va avtomobillariga katta qiziqiş bildirildi. Şuningdek, tomonlar özbek avtomobillarining raqobatbardoşligini oşiriş uçun dilerlik va xizmat körsatiş markazlarini oçiş imkoniyatlarini körib çiqdilar.

Ikki tomonlama savdo-sotiq hajmini yanada köpaytiriş maqsadida, tomonlar Özbekistonda Afğoniston savdo ofisi taşkil etilişi, «Termiz Kargo» eksport markazi faoliyatini faollaştiriş, hamda Qobul va Mozori-Şarif şaharlarida özbek-afğon savdo uylarining işga tuşirilişi töğrisida kelişuvlarga erişdilar.

Şuningdek, tomonlar strategik ahamiyatga ega bölgan Mozori-Şarif-Hirot temir yölining qurilişi va Surxon-Puli-Xumri elektr uzatiş liniyasini quriş kabi loyihalarni amalga oşirişni tezlaştiriş böyiça fikr almaşdilar. Bundan taşqari, Afğonistonning şimolida joylaşgan istiqbolga ega bölgan uglevodorod konlarini geologiya-razvedkasi böyiça özaro loyihalarni tiklaş imkoniyatlari muhokama qilindi.