Inosensio Ariasa Garsia ismli politsiyachi 50 yoshda bo‘lgan, deb xabar bermoqda Marca. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi, bu rossiyalik ishqiboz tomonidan otilgan mushak portlab ketgani tufayli yuz bergan. Hodisa Bilbaodagi Playya Moyyua maydonida sodir bo‘ldi, bu yerda basklar politsiyasi 200 dan ortiq rus ishqibozini haydab solishga urindi.

Foto:  AP

«Spartak» bellashuvda «Atletik» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, biroq uydagi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli Yevropa ligasini tark etdi.

Bilbao hokimi Xuan Mari Aburto ham rossiyalik ishqibozlar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bilbaoga qaytmang! Biz sizlarni ko‘rishni xohlamaymiz! Hech qanday tolerantlik. Buni qilgan odam buning uchun narx to‘laydi», - deya yozgan Aburto «tvitter»dagi sahifasida.

Foto: AP
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti
Foto: RIA Novosti