Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ŞHT MATT) Kengaşining öttiz ikkinçi majlisi şu yilning aprel oyida Toşkent şahrida bölib ötadi. Bu haqda “Xalq sözi” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Hindistonning Nyu-Dehli şahrida Qirğiziston raisligida ŞHTga a'zo davlatlar vakolatli organlari huquqiy ekspertlari guruhining ŞHT MATT Kengaşi 32-majlisiga tayyorgarlik köriş böyiça yiğilişi bölib ötgan.
Unda 2018 yil aprel oyida Toşkent şahrida bölib ötadigan ŞHT MATT Kengaşi majlisi kun tartibi masalasi muhokama qilingan.
Mazkur tuzilma Ijroqömi direktori Yevgeniy Sisoyev Hindistonga qilgan taşrifi davomida Hindistonning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi örinbosari, Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Rajinder Xan va uşbu mamlakat taşqi işlar vaziri Mobaşar Javad Akbar bilan ham işçi uçraşuvlar ötkazdi.












