2018 yilning 22 fevral kuni Özbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Ergaş Şoismatov Toşkentdan Duşanbega yetib bordi.

Turli yillarda «Özbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), boş vazir örinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari böyiça majmuasi rahbari bölgan Şoismatov 2017 yil avgustidan buyon Energetika xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.

U Tojikistondagi missiyasini yakunlagan, 14 yildan buyon şu vazifada faoliyat körsatgan Şoqosim Şoislomov örniga Özbekistonning yangi elçisi böldi.