AQŞ hukumati 2018 yil may oyida Al-Qudsda elçixona oçmoqçi. Bu haqda AQŞ ma'muriyati vakillari Reuters axborot agentligiga ma'lum qilişgan. Noma'lum qoliş şarti bilan manbalardan biri elçixona oçilişi Isroil mustaqilligining 70 yilligiga bağişlanişini ma'lum qilgan. Bir neça soatdan keyin bu xabar AQŞ davlat departamentida tasdiqlangan. 

Uşbu sana AQŞ hukumati rejalari özgarib, Tel-Avivdagi elçixonasini köçiriş jarayonini tezlaştiriş istagidan darak beradi. Yanvar oxirida AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens Isroil knessetidagi nutqida AQŞ öz elçixonasini Al-Qudsga 2019 yil oxirigaça köçirişini ma'lum qilgandi.

Ta'kidlanişiça, AQŞ hukumatining may oyida yangi elçixonasini oçiş qarorini Isroil razvedka vaziri Israel Kats ijobiy baholab, AQŞ prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirgan va uni mustaqillik kuni uçun “ajoyib sovğa” deb atagan.  

Elçixona hozirda konsullik bölimi işlayotgan binoga, 2019 yil oxirigaça esa alohida binoga köçib ötadi. Davlat departamentida ma'lum qilinişiça, hozirda yangi elçixona uçun joy izlaş işlari olib borilmoqda.