2019 yilda Yaponiya imperatori böladigan valiahd şahzod Naruxito 23 fevralda 58 yoşini nişonladi. U uşbu sana munosabati bilan taxtga ötiriş arafasida öz ustida işlaşga va'da bergan. 

“Imperator va uning rafiqasi yöli menda çuqur hurmat uyğotadi. Men bundan buyoğiga ularning siymosini qalbimda saqlagan holda harakat qilaman hamda öz majburiyatlarimni bajariş vaqtida öz ustimda işlayman”, deb aytgan Naruxito.

Naruxito amaldagi imperator özgargandan keyingi yangi davr qanday bölişi haqida gapira turib, “imperator rolini millat ramzi sifatida saqlab qoliş lozimligini” ta'kidlab ötgan. Uning aytişiça, “imperatorlik oilasi jamiyatdagi özgarişlarga mos holda fikrlaşi va harakat qilişi lozim”.

Naruxito 1960 yilda tuğilgan. Naruxitoning ota-onasi, amaldagi imperator Akixito va uning rafiqasi Mitiko imperatorlik oilasida qabul qilingan enagadan foydalaniş an'anasidan voz keçib, uni özlari tarbiyalaşgan. Naruxito Gakusyuin universitetida, söngra Oksforddagi Myorton kollejida öqigan. 1993 yilda Naruxito Yaponiya taşqi işlar vazirligida işlagan Masako Ovadaga uylangan. Juftlikning bir qizi bor va u hozir 16 yoşda.

Naruxito imperatorlik taxtiga ötirgaç, taxtni ayol vorislarga qoldiriş imkoniyati borasidagi bahslar yana keskinlaşişi mumkin. Hozirça buni qonun taqiqlaydi. Biroq bölğusi imperator oilasida erkak vorislar yöq.

2017 yil dekabrda Yaponiya hukumati imperator Akixitoning taxtdan voz keçişining sanasini batamom tasdiqladi. Rejaga köra, bu 2019 yil 30 aprelida yuz beradi, keyingi kuni esa Naruxito taxtni egallaydi.

Imperator Akixito hozirda 84 yoşda bölib, 1989 yil yanvaridan beri imperator taxtini egallab keladi.