Kelib çiqişi yahudiy bölgan amerikalik tadbirkor, milliarder Şeldon Adelson Oq uyga AQŞning Al-Qudsdagi elçixonasi qurilişida yordam berişni taklif qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ayni vaqtda AQŞ prezidenti ma'muriyati vakillari uşbu taklifni körib çiqişmoqda va diplomatik mulkni quriş uçun xususiy sarmoyaçilardan mablağ oliş qançalik qonuniyligini aniqlaşmoqçi.
Jumladan, elçixona qurilişini moliyalaştirişga bir neçta istovçilarni qöyiş varianti ham qaralmoqda. Biroq buning ortidan yana tanqidlar yangraşi mumkin.
Şeldon Adelson Las-Vegasdagi kazinolar tarmoğiga egalik qiladi hamda Bloomberğning milliarderlar reytingida 20-örinni egallaydi.
Avvalroq Donald Tramp Al-Qudsda AQŞ elçixonasining “kiçik versiyasi” paydo bölişini aytgandi.

















