Samarqand viloyatida avtomobil davlat raqamlarini öğirlab, ularni qaytarib beriş uçun pul talab qilişda gumon qilinayotgan şaxs qölga tuşdi.

Öz «xizmati» uçun talab qilayotgan pullarining bir qismini xayrli işlarga sarflaşini va'da qilgani uçun jinoyatni sodir etgan şaxs «samarqandlik Robin Gud» laqabini olgandi.

Tovlamaçi avtomobil raqamini qaytarib beriş uçun 5 dollar miqdorida tovon puli söragan. U jabrlanuvçining avtomobili old oynasiga quyidagiça xat qoldirar, tölovni «Qiwi-hamyon» orqali amalga oşirişni talab qilardi.

Xatning mazmuni:
«Öz avtomobilingiz raqamini qaytarib olişni istasangiz, quyidagi işlarni amalga oşiring:

* +77762599592 QIWI-elektron hamyoniga 5 $( dollar, söm ham rubl ham emas) yuboring. Buni Özbekistondagi istalgan bankda amalga oşiriş mumkin.

*Jönatişingiz bilan @urustama telegram manzili yoki [email protected] elektron poçtasiga yozing.

Agar bularning barçasini bajarsangiz davlat inspeksiyasi, DAN, militsiyaga ariza taşlaşingizga ketadigan juda köp vaqt va kuçingizni tejagan bölasiz.

Bunday noqulaylik uçun uzr söraymiz. Pulingizning yarmi xayrli işlar(mehribonlik uylari, kam ta'minlanganlar, yetimxonalar)ga sarflanadi».

Foto: Kun.uz

Tovlamaçi uşbu tölov amalga oşirilgandan söng bir sutka davomida davlat raqami qoldirib ketilgan aniq manzilni yuborişni va'da qilgan.

Bir oy davomida Samarqandda avtomobil davlat raqamlarini öğirlaş bilan boğliq 30 holat kuzatilgan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Samarqand şahar IIB tomonidan «Kun.uz»ga ma'lum qilinişiça, holat yuzasidan olib borilgan suriştiruv işlaridan keyin Samarqand şahri Tutzor MFY, Pomir köçasida yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan Bekzod Suxroboviç Tolibjonov yuqorida körsatilgan jinoyatni sodir etişda gumon qilinayotgan şaxs sifatida uşlangan. U şahardagi Sattepo maskanida joylaşgan «Turizm» kollejida «Mehmonxona va restoran biznesi» fakultetida 2-bosqiç talabasi hisoblanadi.