Somali poytaxti Mogadişoda 23 fevral keçki payt sodir bölgan ikkita portlaş oqibatida 18 kişi halok böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, Mogadişoda portlovçi moddalar bilan töldirilgan ikkita maşina portlatilgaç, ketidan otişma boşlangan. Bir maşina prezident saroyi yaqinida, boşqasi mehmonxona oldida portlatilgan.

“Ayni vaqtga kelib 18 kişi halok bölgan, 20 kişi yaralangan”, deb ma'lum qilgan şifokorlar.

2017 yil 14 oktabrda Mogadişoda amalga oşirilgan yirik terakt oqibatida halok bölganlar 512 kişini, yaralanganlar 295 kişini taşkil etgandi.