Hozirgi kunda Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan şahar köça va yöllaridagi 3.27 “Töxtaş taqiqlangan” va 3.28 “Töxtab turiş taqiqlangan” yöl belgilarini xatlovdan ötkaziş işlari davom ettirilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yöl belgilarining harakat iştirokçilariga köriniş darajasiga, şuningdek ularning köça va yöllar belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e'tibor qaratilmoqda.
Xatlov natijalariga köra öz ahamiyatini yöqotgan 3.27 “Töxtaş taqiqlangan” yöl belgilari olib taşlanib, 3.28 “Töxtab turiş taqiqlangan” yöl belgilariga almaştirilmoqda.
Ta'kidlanişiça, uşbu yönalişda körilayotgan çoralar yöl harakati iştirokçilariga qöşimça qulayliklar yaratadi va yölovçilarni muammosiz tuşirib çiqariş imkoniyatini beradi.


















