AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan tuzilgan yadroviy kelişuvni bir tomonlama, uni tuzgan sobiq davlat kotibi Jon Kerrini esa özi uçratgan eng yomon muzokaraçi deb atadi.
“Bu rasvo bitim bölgan. Siz heç qaçon sizni hurmat qilmagan mamlakatga 150 mln dollar berasiz, deb kim ham öylabdi? Kerri, ehtimol, men qaçondir uçratgan eng yomon muzokaraçi bölsa kerak”, deb aygan Tramp Vaşingtonda konservatorlar anjumanidagi nutqida.
2017 yil oktabrda Tramp kongressga Eron yadroviy kelişuvga amal qilayotganini rasman tasdiqlaşdan boş tortgan, biroq Eron tomonidan bu kelişuvlarga amal qilinişi böyiça xalqaro darajada bahslaşmagan. Tramp Oq uy kelişuvning “jiddiy kamçiliklari” ustida kongress bilan işlaşini ma'lum qilgan. U, şuningdek, agar kongress bilan birgalikda bitimni töğrilaşning imkoni bölmasa, unda u bekor qilinişi bilan tahdid qilgan.
Eron va xalqaro vositaçilar oltiligi 2015 yil 14 iyulda Eron atomi muammosini tartibga soluvçi xalqaro kelişuvga kelgan: qöşma harakatlar dasturi qabul qilingan, uning Eron tomonidan bajarilişi unga qöyilgan sanksiyalarning olinişini ta'minlagan.












