2018 yilning uçinçi çoragida mamlakatda “aqlli qişloq” (smart village) loyihasi sinov tarzda amalga oşirilişi mumkin, deb yozmoqda Norma.

Prezidentning “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş va rivojlantirişni tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida umumiy muhokama uçun joylaştirilgan bölib, unda şunday loyiha xususida söz boradi.

“Aqlli qişloq” muqobil manbalardan foydalangan holda özini tölaligiça energiya bilan ta'minlaydigan uylardan iborat böladi. Uylar şamol generatorlari, fotoelektr panellari, termonasoslar va boşqa uskunalar bilan jihozlanadi.

“Aqlli qişloq” konsepsiyasi, şuningdek, qişloq xöjaligi sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etişni ham közda tutadi.

Hujjatda “Aqlli qişloq” loyihasini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi va mahalliy byudjyet mablağlari hisobidan amalga oşirilişi taklif etilgan.