Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biatlon bo‘yicha jahon kubogining Rossiyadagi bosqichiga Chexiya ham boykot e'lon qildi
Chexiyalik biatlonchilar jahon kubogining Rossiyaning Tyumenida o‘tadigan bosqichiga boykot e'lon qildilar. Ushbu bosqich 22-25 mart kunlari o‘tishi kerak. Bundan avvalroq AQSh terma jamoasi Rossiyadagi musobaqani boykot qilgandi.
Chexiyaning iDnes nashrining ma'lum qilishicha, jahon kubogining yakunlovchi bosqichiga bormaslik qarorini Chexiya biatlon federatsiyasi rahbari Irji Xamza qabul qilgan. Chexiya rossiyalik biatlonchilar tomondan doping qabul qilinishiga muntazam qarshi chiqib kelgan va boykot e'lon qilinishi shu munosabatning bir qismi hisoblanadi.
Xamzaning aytishicha, Tyumendagi bosqich bo‘yicha AQSh va Kanada qat'iy pozitsiyaga ega bo‘lib, ulardan tashqari Fransiya ham Rossiyani tanqid qilgan. Biroq fransiyalik biatlonchilar yetakchisi Marten Furkad Tyumenga borish istagini bildirgan. “Men Furkaddan so‘raganimda, u Rossiyaga borishi kerakligini, chunki umumiy jadvalda g‘alaba uchun kurashayotganini va bu bosqich u uchun muhimligini aytdi. Bunday qaror qabul qilish uning huquqi”, deb aytgan Xamza.
Shu bilan birga Chexiya biatlon federatsiyasida Tyumendagi bosqichning inkor etilishi keyingi jahon chempionati uchun sportchilarga beriladigan kvotaga ta'sir qilishi mumkinligi tan olingan. “Biroq barchasiga ko‘z yumilaversa, unda hech narsa o‘zgarmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Xamza.
Biatlon bo‘yicha jahon kubogi 9 ta bosqichdan iborat bo‘lib, uning so‘nggi bosqichi aynan Tyumenda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026