Professional boksda mağlubiyatsiz seriya qayd etayotgan özbekistonlik çarm qölqop ustasi Şohjahon Ergaşev navbatdagi jangda ringga çiqadi.
«Olamsport» naşri xabar berişiça, 23 fevral kuni Moskva orqali AQŞga yetib borgan Şohjahon Ergaşev 28 aprel kuni ringga kötariladi. Bunda boksçiga kim raqiblik qilişi mumkinligi hozirça ma'lum emas.
Şohjahon Ergaşev professional boksda 12ta jang ötkazgan bölib, ularning barçasida raqiblarini nokaut qilgan.
Ma'lumot uçun, super yengil (63,5 kg.gaça) vazn toifasida musobaqalarda iştirok etayotgan Ergaşev jahon boks assotsiatsiyasi WBAning fevral oyidagi yangi reytingida kuçli 15 sportçi safidan örin olgan va 12-öringa kötarilgan.
Bundan avvalroq Ergaşevning özi reytingda birinçi bölib turgan boksçiga qarşi ringga çiqişga tayyor ekani haqida aytgandi.












