Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubalik bokschi: «Ertaga muxlislar kam bo‘lishi janglarga ta'sir o‘tkazmaydi»
Foto: World Series Boxing
Kubaning «Cuba Domadores» klubi safida -75 kg vaznda ringga chiqadigan Olimpiada chempioni Arlen Lopez bir yil muqaddam Samarqandda Isroil Madrimovga yutqazib qo‘ygani haqida esladi.
«Isroil Madrimovga qarshi jangdagi mag‘lubiyatga o‘zim aybdorman. O‘shanda o‘zimni yaxshi tayyorlay olmagandim. Har taraflama bu jangga tayyor emasligim sezilib qolgandi. Bu safar esa bu jangga juda jiddiy hozirlik ko‘rdim. Ertaga bo‘ladigan jang butunlay boshqacha kechadi.
Ertangi janglarda ko‘p muxlis bo‘lmasligini eshitdim. Lekin bu unchalik katta ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Chunki biz professional sportchilarmiz. Mezbon yoki mehmon sifatida jang qilishimiz katta ahamiyatga ega bo‘lishi kerak emas. Bokschi ko‘p muxlis ichida ham, kam muxlislar orasida ham o‘zining boksini ko‘rsata olishi kerak. Madrimovga qarshi uchrashuvda albatta juda ko‘p muxlislar bo‘lgandi. Lekin o‘shanda faqatgina muxlislar bosimi ostida yutqazgandim, deya olmayman», deya gapirib o‘tdi Rio-2016 olimpiadasi chempioni KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025