Angliya premer-ligasining 28-turidan örin olgan markaziy uçraşuvda «Mançester Yunayted» Londonning «Çelsi» klubini qabul qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimida avvaliga Villian jamoasining qarşi hujumini özi boşlab berib, Azar orqali bu hujumni yakunladi va hisobni oçdi. Köp ötmay, Romelu Lukaku Marsiyalning ajoyib töp uzatişidan söng farqni yöqqa çiqardi.

Ikkinçi bölimda endi Lukakuning pasini Lingard Tibo Kurtua qöriqlayotgan darvozaga joylab qöydi. Bu gol öyin söngiga qadar özgarmadi va natijada «Mançester Yunayted» muhim ğalabani qölga kiritdi.

Uşbu ğalabadan keyin «MYu» hisobidagi oçkolar soni 59taga yetdi va jamoa «Liverpul»ni quvib ötib, 2-öringa qaytdi. «Çelsi» esa kuçli törtlikdan ham pastlab 5-öringa tuşib qoldi.

Angliya premer-ligasi
28-tur
Mançester Yunayted – Çelsi 2:1 (1:1)
Gollar: Lukaku (39), Lingard (75) – Villian (32).
Mançester Yunayted: De Xea, Smolling, Lindelyof, Valensiya, Maktominey, Yang, Pogba, Matiç, Sançes (Bayi, 81), Marsiyal (Lingard, 64), Lukaku.
Çelsi: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Jiru, 78), Villian, Kante, Azar (Pedro, 73), Drinkuoter (Fabregas, 81), Alonso, Morata.
Ogohlantirişlar: Kante (30), Valensiya (68), Matiç (85), Morata (88).