Işlaş uçun Mumbayga köçib ötgan çet ellik menejyerlarning örtaça iş haqi 217 ming dollarni taşkil qiladi. HSBC Bank tadqiqot natijalari şundan dalolat bermoqda, deyiladi Bloomberğda. Tadqiqot mualliflarining fikriça, bu dunyo şaharlari orasidagi eng yuqori körsatkiç.
Reytingning ikkinçi va uçinçi örinlari San-Frantsisko va Tsyurix tomonidan band etildi. Törtinçi örinda - Şanxay. Bu şaharlarda ekspatlarning örtaça maoşi 200 ming dollardan oşadi. Jyeneva, Nyu-York, Los-Anjyeles va Jakartada çet ellik mutaxassislarga örtaça 150 ming dollardan ortiq oylik iş haqi tölanadi.
Çet ellik muhojirlar uçun örtaça iş haqi körsatkiçi deyarli 100 ming dollarni taşkil qildi. Dublin, Praga, Berlin va Birmingemda işlovçi ekspatlar maoşi bu körsatkiçdan pastroq bölib çiqdi. London, Parij va Honkongdagi çet ellik menejyerlar 100-500 ming dollar atrofida işlab topişadi.
Tadqiqot davomida 159 mamlakat va hududlardagi 27 mingdan ziyod mutaxassislarning maoşlariga doir ma'lumotlar tahlil qilindi.












