Özbekiston 1991 yilda mustaqillikka erişgaç, oradan 3 yil ötib muomalaga kiritilgan va ayni paytgaça özgarmay kelayotgan milliy valuta — söm respublikaning barça hududida yagona tölov vositasi sifatida amal qilib kelmoqda. Sömning dunyoga keliş tarixi barçaga qiziqligini inobatga olib, u haqidagi 8ta faktni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Qirqib olinadigan bir martalik kupon

Özbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erişgani e’lon qilingaç, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalaş va mahsulotlarni faqat Özbekiston fuqarolariga sotiş uçun bir martalik kuponlar bosib çiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida söm-kupon çiqarilganidan söng 1 hafta ötib — 22 noyabrgaça gazeta qoğozida çop etilgan va taşkilotining muhri uriladigan kartoçkasi qirqib olinuvçi bir martalik kuponlar amal qilgan. 

Oziq-ovqat dökonlari, umumiy ovqatlaniş korxonalarida kuponlarning naqd pulda tölanişi kerak bölgan hisobga yaraşa qismi qayçida qirqib olingan. Bunday kuponlar 10+25=35, 50, 100, 150, 200, 350, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 rublga yaraşa kartoçkalar bilan çop etilgan.

2. Söm-kupon davri

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi hududida parallel tölov vositasi sifatida «söm-kuponlar»ni muomalaga kiritiş töğrisida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga köra, içki bozorni ortiqça rubl massasidan himoyalaş, aholiga pul mablağlarini tölaşni öz vaqtida ta’minlaş maqsadida 1961–1992 yillarda amalda bölgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boşlab muomalaga kiritiladi.

1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 sömlik pullarning barçasining old qismida Özbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylaşgan Şerdor madrasasining surati tuşirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 sömlik pullar 120 x 61 mm ölçamda, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 sömlik pullar 144 x 69 mm ölçamda yasalgan. Söm-kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida çop etilgan.

Söm-kuponlar 9,5 oy muomalada bölib, 1994 yilning 1 iyulidan boşlab Özbekistonning milliy valutasi — söm muomalaga kiritilganidan söng ham, 1994 yilning 1 avgustiga qadar amal qilgan.