Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi sotuvlar bo‘yicha o‘z taxminlaridan 15 mlrd dollarga o‘tib ketdi
Xitoyning Xiaomi elektronika ishlab chiqaruvchisi 2017 yilga sotuvlar hajmi bo‘yicha o‘z taxminlarini 100 mlrd yuan (15,8 mlrd dollar)ga ortda qoldirdi. Bu haqda Xiaomi vitse-prezidenti Van Syan CNBC’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Biz belgilab olgan maqsadimizga 2017 yilning oktabr-noyabridayoq erishdik. 2018 yilda 100 mlrd yuandan ham ko‘proqqa sotishimiz mumkin», - deya aytib o‘tdi Van Syan.
Xiaomi vitse-prezidenti 2017 yilda olingan umumiy daromadni ma'lum qilmadi va 2018 yilga sotuvlar bo‘yicha aniq rejalarni ochiqlamadi. 2017 yilda kompaniya o‘z tarixida birinchi marta 100 mlrd yuandan ko‘proq daromad oldi.
Xiaomi 2017 yilning to‘rtinchi choragida yetkazib berish hajmi bo‘yicha to‘rtinchi smartfon ishlab chiqaruvchiga aylandi va Huawei, Samsung hamda Apple’dan ortda qoldi. Shu bilan birga, Xiaomi bozor qisqarishi fonida yetkazib berish hajmi o‘sgan yagona kompaniya bo‘ldi. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, kompaniya oktabr-dekabrda 28,1 milliontadan ko‘proq smartfon yetkazib bergan.
Mavzuga oid
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:13 / 24.06.2026
Nothing «orzudagi smartfon» konsepsiyasini namoyish etdi
20:41 / 22.06.2026
Yetakchi Android brendlari 7 dyuym ekranli smartfonni tayyorlamoqda
09:39 / 19.06.2026