23 fevral kuni Namangan şahrida joylaşgan Yengil sanoat kasb-hunar kollejida römol öragan qizlarga qarşi reyd tadbiri ötkazildi. Bu haqda Namangan viloyatida bölib qaytgan Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Ma'lum qilinişiça, mazkur kollejdagi Yoşlar Ittifoqi boşlanğiç taşkiloti yetakçisi sifatida işlab kelayotgan Mavluda Husanova öquvçi qizlarning römolini yeçib yurişga undagan.
«Öquv binosiga kirişimiz bilan Akmalxon domla (kollejda psixolog lavozimida işlaydi - tahr.) va Mavluda oya römolni yeçib qöyişimizni söraydi. Aks holda yaşaş joyimizga tegişliça ma'lumot yuborişi, ota-onamizni ma'muriy javobgarlikka tortib, jarima tölaşga majbur bölişini ta'kidlaydi. Bu holat şu yil hisobidan 5-6 marta takrorlandi. Sönggi marta 23 fevral kuni «römolli qizlar» bilan şu taxlitdagi yiğiliş ötkazildi», deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan öquvçilardan biri.
Afsuski, vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Mavluda Husanova bilan boğlanişning imkoni bölmadi. Şuningdek, «Akmalxon» ismli kollej psixologi şaxsiy işlari bilan band bölgani tufayli, uni ham kollej binosidan topişning imkoni bölmadi.
Kollej direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Bahodir Boqijonovning ta'kidlaşiça, «öquv muassasasida römol öraşga nisbatan heç qanday taqiq joriy etilmagan».
«Römol milliy qadriyatimizning bir bölagi, qizlarimiz uni çiroyli qilib örab keladi. Rahbariyat yo öqituvçilar bunga qarşilik qilmaydi. Töğri, arabiy boş kiyimlarga taqlid qilib, hijob (römol ostidan kiyiladigan boş kiyim nazarda tutilmoqda - tahr.) öranib kelsa, bu vaziyatda ozroq tanbeh berib, kollejda yuriş-turiş tartibini eslatib turamiz. Ammo, römol öraş - har bir qizning mustaqil qarori», deydi u.
Uning sözlariga köra, Namangan şahrida istiqomat qiluvçi aholining alohida xarakteri, jamiyatning qiziqiş va qaraşlarini hisobga olib, «römolli qizlar» masalasiga «qattiq» qaraş joiz emas.
«Bundan 3-4 yillar avval, oğzaki topşiriqlar berilib, «römol masalasi» ta'lim muassasalarida umuman muhokama etilmasdi. Sönggi paytlarda römol din va e'tiqod işi ekanligi aytilsada, uni öraş-öramaslikni qizlar mustaqil hal qilişi kerak, deb bilaman», deya fikrini töldirdi Bahodir Boqijonov.
Direktor örinbosari masalaga munosabat bildirarkan, «römolning qanday öralişi» muhim omil ekanini ta'kidlayverdi. Lekin milliy boş kiyimlardan biri sifatida e'tirof etilgan römol ta'lim jarayoniga qançalik xalaqit qilişi haqidagi savol oçiq qoldi.
«Kollej rahbariyatining, qolaversa, har biri a'zosining kişining vijdon erkinligi huquqidan foydalanişga qarşiligi yöq. Şuningdek, Özbekiston Respublikasida qabul qilingan barça qonunlarga sözsiz böysuniladi. Bundan taşqari, aytiş lozimki, kollej içki tartib qoidalari nizomida «römol örab yuriş mumkin emas» deb yozib qöyilmagan», deydi kollej direktori kasb ta'lim böyiça örinbosari Şerzod Yusupov.













