Jahon | 15:37 / 27.02.2018
29429
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh qoraydi va Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirdi

Foto: NASA

Yerda Quyoshda koronal teshik paydo bo‘lgani tufayli magnit bo‘roni kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Quyosh astronomiyasi rentgen laboratoriyasidan ma'lum qilishgan.

«Yer magnit maydonida tebranishlarning jiddiy kuchayishi seshanba, 27 fevral kuni ertalabdan kuzatilmoqda. O‘tgan 10 soat davomida maydondagi tebranishlar amplitudasi 10 barobarga oshdi - 5-10 nTl.dan 70-100 nTl.gacha», - deya aytib o‘tishgan astronomlar.

Bunga Quyoshda koronal teshik – tojning qorong‘u qismi paydo bo‘lgani sabab, unda boshqa qismlar bilan taqqoslaganda yorug‘lik kamayishi kuzatiladi.

«Koronal teshiklar yorug‘ligining pasayishi tojning bu qismidan plazmalarni sayyoralararo bo‘shliqqa ommaviy ketishi bilan bog‘liq. Chiqarib tashlangan plazma katta tezlikka ega va yuqori tezlikdagi oqimni tashkil qiladi, u sayyora bilan aloqada uning magnit maydonida o‘zgarishlarni, hattoki magnit bo‘ronlarini yuzaga keltiradi», - deya tushuntirib o‘tishgan laboratoriyadan.

Astronomlarning taxminicha, bo‘ron 1-2 soat ichida tugaydi, biroq magnit maydonidagi alohida tebranishlar bir necha kun ichida kuzatiladi.

Mavzuga oid