3 avgust kuni Quyoşda eng yuqori toifadan bir poğona past quvvatli (M toifasidagi) çaqnaş röy berdi, deb ma’lum qildi Rossiya Amaliy geofizika instituti.  

Xabarda aytilişiça, Toşkent vaqti bilan soat 18:57da M2.9 toifasidagi çaqnaş sodir bölgan va u 11 daqiqa davom etgan. 

Quyoşdagi çaqnaşlar rentgen nurlanişi quvvatiga qarab A, B, C, M va X toifalariga bölinadi. A0.0 toifasida Yer orbitasidagi nurlaniş quvvati 1 kvadrat metrga 10 nanovattga teng. Har bir keyingi toifada quvvat 10 martaga oşib boradi. Çaqnaşlar Yerda magnit böronlarini keltirib çiqarişi mumkin.