Bugun, 27 fevral kuni soat 16:00da Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida kengaytirilgan videoselektor yiğilişi boşlanadi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
Yiğilişda 2018 yil yanvar-fevral oylarida tovar va xizmatlarni eksport qiliş topşiriğini bajariş holati, bu borada yöl qöyilayotgan kamçiliklar, ularni bartaraf etiş, mavjud zaxiralarni aniqlaş va töliq işga soliş çora-tadbirlari muhokama etiladi.
Kun tartibi:
Birinçidan, 2018 yil uçun tovarlar va xizmatlar eksporti prognozini tasdiqlaş töğrisidagi tegişli qaror loyihasi belgilangan muddatda işlab çiqib, kiritilmagani sabablari va bu borada mutasaddi rahbarlarning şaxsiy javobgarligi töğrisida;
Ikkinçidan, joriy yil yanvar-fevral oylarida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari, xizmatlar eksportini amalga oşiriş ahvoli, yöl qöyilayotgan kamçiliklar hamda 2018 yil birinçi çorak eksport topşiriği körsatkiçlarini töliq ta'minlaşda qöşimça zaxiralardan samarali foydalaniş yuzasidan körilayotgan çoralar natijadorligi haqida.
Yiğilişda şahar, tuman hokimlari va ularning örinbosarlari, prokurorlar, MXX boşliqlari, IIB, YoXB, DSI, DSENM, SSB, FVB, madaniyat va mudofaa bölimlari boşliqlari, Yoşlar ittifoqi, kommunal soha, ta'lim muassasalari rahbarlari, «Mahalla» va «Nuroniy» jamoat fondlari raislari, OAV, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va taşkilot rahbarlari iştirok etadi.












