Toşkent şahri Şayhontoxur tumanida “Huvaydo” jome masjidi ta'mirlanib yana foydalanişga topşirildi.
Masjidning oçiliş marosimida Özbekiston musulmonlari idorasining Masjidlar bilan işlaş bölimi mudiri Rahimberdi Rahmonov iştirok etdi.
Peşin namozidan keyin uşbu namunali işlar boşida turgan hurmatli Prezidentimiz, ÖMI raisi muftiy hazratlari haqlariga va masjid ta'mirlanişida xizmat qilganlar, homiylar, uşbu işlar boşida turgan solih insonlar haqiga ma'ruza va duoyi-xayrlar qilindi.
Masjidga 1701-1780 yillarda Farğona vodiysining Çimyon qişloğida yaşab ijod etgan tasavvufiy şoir Huvaydo nomi berilgan.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Özbekistondagi barça qadamjolar, ziyoratgohlar, masjid va qabristonlar ta'mirdan çiqarilişi va obodonlaştirilişi belgilab qöyildi.























