Britaniyaning HSBC banki köçib ötiş uçun eng yaxşi darajada bölgan davlatlar haqidagi har yillik sörov natijalarini e'lon qildi. Singapur uçinçi yildan beri reytingda yetakçilikni öz qölida saqlab turibdi.

Tadqiqot HSBC buyurtmasi bilan YouGov firmasi tomonidan tayyorlandi. Kompaniya 159 turli davlatdagi 27 mingdan ortiq ekspatni sörovdan ötkazdi. Yakuniy röyxatga söralganlarning fikriça eng yaxşi hayot şaroitiga ega 46 davlat kirdi.

Respondentlar uçta yönalişda 27 ta savolga javob qaytarişdi: iqtisodiyot, yaşaş tajribasi va köçib ötiş hamda oila bilan yaşaş imkoniyati – ta'lim sifati va bolalar haqida qayğuriş darajasi.

Singapurda sörovdan ötkazilganlarning törtdan uç qismi toza köçalar, xavfsizlikning yuqori darajasi va rivojlangan jamoat transport tizimini qayd etişdi. Bu yerda yaşovçi ekspatlarning 26 foizi mahalliy ta'lim darajasiga yuqori baho bergan bölsa, migrantlarning 64 foizi Singapurga köçib ötişganidan keyin hayot yaxşilanganini bildirdi.

HSBC talqini böyiça migrantlar uçun eng yaxşi ön davlat:

1. Singapur 
2. Norvegiya
3. Yangi Zelandiya
4. Germaniya
5. Niderlandiya
6. Kanada
7. Avstraliya
8. Şvetsiya
9. Avstriya
10. Birlaşgan Arab Amirliklari