Rossiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «17 raqamli afsona» («Legenda № 17») filmida bitta epizod bor. Sobiq Ittifoq hokkey terma jamoasi hokkeyçilari örtasida içki muhitda muammolar paydo böla boşlaydi. Aşaddiy raqiblar «Spartak» va TsSKA klubi a'zolari terma jamoada ham kelişa olmay, uruşib ketaverişadi.
Şunda öşa vaqtlardagi jamoa boş murabbiyi Anatoliy Tarasov jamoaning barça a'zolarini muz ustiga olib çiqib, maydon markazidagi aylana böylab katta tezlikda aylanişni söraydi. Katta tezlikda harakatlanayotgan hokkeyçilarga qarata, örtada «Spartak» a'zolari töxtang, TsSKA, töxtang deb jamoalar nomini almaştirib birin-ketin buyruq bera boşlaydi. Juda katta tezlikda yiğilib harakat qilayotganlarning qaysidir qismi töxtagaç, qolganlar ularga urilib yiqilib tuşaveradi, tuşaveradi. Film boş qahramoni Valeriy Xarlamov esa (u afsonaviy hokkeyçi, Sobiq Ittifoq terma jamoasi yulduzi bölgan) hammaga qarab qiçqiradi: «Töxtamaymiz, töxtamaymiz!». Boş murabbiy undan söraydi: «Nega töxtamaysizlar, men buyruq beryapman». Şunda Xarlamov javob beradi: «Biz bu yerda TsSKA yoki «Spartak» emasmiz. Bu yerda bitta jamoa — terma jamoa bor».
Tarasov ham aynan şuni şogirdlariga tuşuntirmoqçi bölgandi. U şu yerda maşğulotlarni töxtatadi.
Keça «Uzbek Tigers» juda muhim ğalabani qölga kiritdi. Menimça bu jamoaning keyingi 3 mavsumdagi eng muhim ğalabasi edi. Töğri, jamoa pley-off bosqiçlarida qatnaşgan, çorak final, yarimfinallarda iştirok etgan. Lekin men uçun jamoaning keçagi ğalabasi eng muhimi edi.
Sönggi vaqtlarda bu jamoa atrofida gap-sözlar köpayib ketdi. Matbuotda, jumladan «Kun.uz» saytida ham jamoa faoliyatini tugatişi mumkinligi haqida xabar berildi. Yaxşiyamki, keyinçalik olimpiya qömitasi bu xabarlarni inkor qilib çiqdi. Şunday bölsada, bunday xabar tarqalişining özi, u qançalik rost yoki yolğon bölişidan qat'i nazar, şu jamoada mehnat qilayotgan, şu jamoada ringga çiqayotgan har bir a'zo uçun ruhan ta'sir ötkazgani bor gap. Qilayotgan mehnatingiz, harakatlaringiz, barçasi bekor bölişi mumkinligi haqida bir daqiqa bölsada öylab köring, istaysizmi, yöqmi bir zum bölsada izdan çiqasiz. Seskantirib yuboradi. Öşa xabar çiqqanda özimni boksçilar, murabbiylarning örniga qöyib kördim. Işoning, men kabi hissiyotli odam uçun bu dahşatning özginasi edi.
Keça Sanjar Tursunov hali şu paytgaça heç qaçon mağlub etmagani Erislandi Savonni mağlubiyatga uçratdi. Keça Şahobiddin Zoirov olimpiadadan keyin vaznining oşib ketişi bilan boğliq muammolar tufayli deyarli bir yarim yildan keyin eng muhim jangiga çiqib, ajoyib qaytişni amalga oşirdi. Keça Hasanboy Dösmatov jahon çempionatidagi mağlubiyat aslida tasodif ekanini isbotladi. Isroil bu vaznda hali aytadigan gapi köp ekanini namoyiş etdi.














