2017 yilda butun dunyoda milliarderlar 437 nafarga köpayib, 2694 nafarga yetdi. Bu esa yangi rekorddir, deb ma'lum qilindi “Xujun” (Hurun Research Institute) tadqiqot institutining hisobotida. Uşbu taşkilot har yili dunyodagi eng badavlat odamlar röyxatini tuzadi.
Hisobotga köra, dunyodagi eng boy odam sifatida Amazon.com asosçisi Jyeff Bezos e'tirof etildi, uning boyligi 123 mlrd dollarga baholangan. 2-örin Berkshire Hathaway rahbari, amerikalik tadbikor, 102 mlrd dollar sohibi Uorren Baffetga berildi. Microsoft asosçisi Bill Geyts 90 mlrd dollar bilan 3-örinni, Facebook rahbari Mark Tsukerberg 79 mlrd dollar bilan 4-örinni egalladi.
Yetakçi öntalikka Nyu-Yorkning sobiq meri, Bloomberg axborot agentligi egasi Maykl Blumberg ham kirgan, uning boyligi 49 mlrd dollarga baholangan.
Xitoy bir mamlakatda yaşovçi milliarderlar soni böyiça yetakçilik qilmoqda va uning bu körsatkiç böyiça boşqa davlatlardan oldinlab ketişi borgan sari kattalaşmoqda. Institut ma'lumotlariga köra, AQŞda 571 milliarder yaşaydi, Xitoyda esa (Hongkong, Makao va Tayvan ham kiradi) ötgan yilga 210 nafar köproq – 819 milliarder qayd qilingan. Institut ma'lumotlariga köra, Xitoy va AQŞ hisobiga dunyodagi barça milliarderning yarmidan köproği töğri keladi. Milliarderlar poytaxti deb ataluvçi Pekinning özida 131 milliarder yaşaydi, Nyu-Yorkda esa ularning soni 92 nafarni taşkil qiladi.
Ayni vaqtda Xitoy va Osiyoning eng boy odami Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asosçisi Poni Ma (Ma Xuaten) hisoblanadi, uning boyligi 47 mlrd dollarga yetdi. Ötgan yil Hindiston uçun ham yomon keçmadi, u 131 milliarder bilan 3-öringa kötarilib oldi. 4-örinni 118 nafar milliarder bilan Buyuk Britaniya, 5-örinni 114 nafar milliarder bilan Germaniya egallamoqda.
Rossiyada ayni vaqtda 71 milliarder, xususan Moskvada 62 milliarder yaşamoqda va u bu borada 7-örinni egallamoqda. Tadqiqot instituti ma'lumotlariga köra, rossiyalik milliarderlar uçun eng serdaromad sohalar energetika va metallurgiya bölib qolmoqda. “Xujun” versiyasiga köra, eng boy rossiyalik “Severstal” boş direktori Aleksey Mordaşev hisoblanib, uning boyligi 20 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, barça milliarderlarning 15 foizini ayollar taşkil qiladi, ularning uluşi 2016 yilgi darajada qolgan bölsa-da, soni 152 nafardan 184 nafargaça köpaygan. Dunyodagi eng boy ayol Wal-Mart dökonlari asosçisining 68 yoşli qizi Elis Uolton hisoblanib, uning boyligi 48 mlrd dollarga baholangan.
85 milliarderning yoşi 40 dan kiçik, ulardan 47 nafari öz boyligini mustaqil işlab topgan. Röyxatdagi eng yoş ayol milliarder norvegiyalik Aleksandra Andresen 21 yoşda bölib, uning boyligi 1,3 mlrd dollarni taşkil qiladi va uni otasidan meros qilib olgan. Eng boy erkak milliarder 27 yoşli amerikalik va irlandiyalik tadbirkor, Stripe tölov tizimi asosçisi Jon Kollison bölib, uning boyligi 1,2 mlrd dollarga baholangan.












