Buxoro şahrida joylaşgan, YuNeSKO röyxatidan örin olgan Çorminor madrasasini suv bosişi bilan boğliq muammolar bartaraf etildi. KUN.UZ muxbiri Xalqaro Press-klubda Buxoro viloyati hokimining turizm böyiça örinbosari Botir Şahriyorov bergan bayonotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

"Darhaqiqat, Buxoro şahrida Çorminor madaniy obekti nisbatan çuqur joyda joylaşgan. Ötgan hafta bölgan yoğingarçilikda Çorminor poydevori qurilgan joyga suv töldi, lekin şahar obodonlaştiriş xizmati uni tozalab, suv keliş yöllarini tösib, madaniy meros obektiga zarar yetmaslik çorasini kördi.
2017 yilda şahar böylab Buxoro şahrining tarixiy qismida barça madaniy obektlar joylaşgan joyda 1-1,5 metrça tuproq olib taşlanib, obidalar şörlanişi, ya'ni korroziyasining oldi oliş çoralari körilgan. Hozir öşa joyda Buxoroning tabiiy ohaktoşidan yölak terilgan.
Çorminor madrasasi Buxoroning qadimiy qismidan biroz uzoqda joylaşgan. U joylaşuv nuqtai nazaridan şaharning quyi qismida bölgani uçun şunday holat yuz bergan. Hozir bu voqea böyiça alohida guruh tuzilib, madaniy meros obektiga suv kelişi oldini oliş böyiça katta işlar amalga oşirildi", - deydi B.Şahriyorov.
Uning sözlariga köra, hozirda obidaga jiddiy zarar yetmagan. Bu madaniy meros obektlari maxsus komissiyasi tomonidan körib çiqilgan. Viloyat hokimining qarori asosida viloyatdagi har bir tarixiy obektga muayyan taşkilot biriktirilgan.
26 fevral kuni yoqqan kuçli yomğir tufayli Buxoro şahrining qadimiy qismidagi tarixiy binolardan birini suv bosgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda Çorminorning hovlisi suvga tölganini köriş mumkin edi.














