AQŞ prezidenti Donald Tramp Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevni mustaqillik bayrami bilan tabriklab, maktub yölladi. Maktub matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

«Muhtaram Prezident Janoblari! 

Sizni va Özbekiston xalqini 1 sentabr kuni nişonlanadigan mamlakatingiz mustaqilligining 26 yilligi bilan Amerika xalqi nomidan muborakbod etaman. 

Özbekiston milliy bayrami hamda Sizning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatingizning birinçi yili yakunlanayotgani munosabati bilan mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik va şeriklikni yanada mustahkamlaş yölida qat'iy ekanimizni tasdiqlamoqçiman. 

Biz Sizning rahnamoligingizda amalga oşirilayotgan mintaqada barqarorlikni ta'minlaş, demokratik qadriyatlarni mustahkamlaş va özaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirişga qaratilgan izçil sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaymiz. 

Sizga va butun Özbekiston xalqiga uşbu qutluğ sanani şodu xurramlik bilan nişonlaşni tilayman. 

Hurmat bilan, 

Donald Tramp, Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti»