Xitoyning kommunistik partiyasi 25 fevralda konstitutsiyadagi Xitoy raisi va uning örinbosarini öz lavozimlarida qolişlarini ikkita 5 yillik muddat bilan çeklovçi bandni bekor qilişni taklif qildi. Uşbu taklif mart oyida Butunxitoy xalq vakillari yiğilişida körib çiqiladi. Agar kompartiya taşabbusi ma'qullansa, Xitoyning amaldagi yetakçisi Si Tszinpin öz lavozimida çeklanmagan muddat qolişi mumkinligini anglatadi. Amaldagi konstitutsiyaga köra, u öz lavozimini 2023 yildan keç bölmagan muddatda tark etişi lozim.
Xitoyda 2000-yillar boşidan “Buyuk fayyervol” amal qiladi, u internetda butun bir saytlarni, alohida iboralar, sözlar va hattoki belgilarni vaqtinçalik yoki batamom bloklaş imkonini beradi. Kaliforniya unirvesitetida taşkil etilgan China Digital Times internet-loyihasi Xitoyda taqiqlangan sözlar va iboralar “qora röyxati”ni yuritadi – 7 yil içida unda 3,5 mingga yaqin söz va iboralar töplanib qolgan.
China Digital Times ma'lumotlariga köra, kompartiya davlat yetakçisining hokimiyatda qoliş muddatiga çeklovni olib taşlaşni taklif qilgandan keyin “qora röyxat”da Xitoyning eng ommaviy ijtimoiy tarmoği Weibo’da taqiqlangan 30dan köproq yangi söz va ibora paydo böldi. “Qora röyxat”ga tuşgan söz va iboralar orasida “quldorlik tuzumi”, “şaxsga siğiniş”, "yaşasin imperator”, “taxtni meros qilib oliş”, “emigratsiya”, “rozi emasman” iboralari paydo böldi. Şuningdek, Xitoyning “umrbod prezidenti” Yuan Şikay va “1984”, “Mollar boqiladigan hovli”, “Ajoyib yangi dunyo” asarlari nomlari bloklandi.
“Qora röyxat”da bir qaraşda diktaturaga şa'ma qilmaydigan va siyosat bilan boğliq bölmagan sözlar ham paydo böldi. Biroq yillar davomida xitoyliklar siyosatni sözlar öyiniga asoslangan iboralar yordamida muhokama qilişni örganib olişgan. Weibo körinişiça bundan xabardor va bir qança iboralarni taqiqlab qöydi: “samolyotga ötiriş” iborasi, u xitoy tilida “taxtni meros qilib oliş”ga öxşaş yangraydi; “bu ayol hayotining oxirigaça göşt yeyişdan voz keçişga tayyor” iborasi – Xitoyning “Saroydagi imperator ayol” serialidagi ayol qahramonga işora, u imperator ölsa, vegeterian bölişga qasam içgan böladi; “Disney” sözi, çunki Si Tszinpin köpinça Vinni-Puxga qiyoslanadi.
Well, at least we can look look forward to many more years of subversive Winnie the Pooh memes. Here's a retrospective from 2013 to this week: pic.twitter.com/pqgW02gTqe
— Megha Rajagopalan (@meghara) February 26, 2018
N lotin harfining taqiqlanişi esa Xitoydagi senzuraga eng ğalati misol bölsa kerak. Bu harfni muayyan vaqt Weibo’da yozişning iloji bölmagan. Xitoy tilida N harfi “eninçi” sonni belgilaş uçun qöllanişi mumkin. Pensilvaniya universitetidan Viktor Mayrning fikriça, uşbu harf “qatorasiga N muddat lavozimni egallaş” kabi iborani yozolmaslik uçun taqiqlangan bölişi mumkin.

















