«PSJ» forvardi Neymar şu hafta oxirida jarrohlik amaliyotidan ötkaziladi. Parij jamoasi va Braziliya termasi tibbiy ştabi şunday qarorga keldi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Braziliyada 26 yoşli hujumçini milliy terma şifokori Rodrigo Lasmar operatsiya qiladi, unga «PSJ»dan mutaxassis Jyerar Selen yordam beradi. Futbolçi Fransiya çempionatining 27-turi doirasidagi «Marsel» bilan öyinda (3:0) jarohat olgandi.

Şu tariqa, Neymar, katta ehtimol bilan, YeÇL 1/8 finali doirasida Madridning «Real»i bilan 6 mart kuni bölib ötadigan javob bahsida qatnaşa olmaydi. Eslatib ötamiz, birinçi öyin «qaymoqranglilar»ning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan edi.