Xalqaro Olimpiya qömitasi Rossiya Olimpiya qömitasining taşkilotga a'zoligini tikladi. Rossiyaning a'zoligi Pyongçangdagi Olimpiadadan 2 oy oldin töxtatilgandi. Bu haqda XOQ a'zosi va Rossiya Olimpiya qömitasining faxrli prezidenti Şamil Tarpişev ma'lum qildi. 

“Sportçilarimiz tekşiruvlarining barça natijalari ularning “tozaligini” körsatdi. Rossiyaga qoidaga köra heç narsa qiliş kerak bölmagan, uning a'zoligi avtomatik ravişda tiklandi va XOQda bu borada heç qanday e'tiroz yöq”, deb ma'lum qilgan Tarpişev.

“Rossiya sporti uçun yangi bob oçilmoqda. Barçasini toza sahifadan boşlaş kerak va şunga öxşaş vaziyat va muammolar bölmasligi uçun yozgi Olimpiada haqida öylaşimiz lozim. Bu biz uçun juda muhim voqeadir”, deb aytgan Tarpişev.

Rossiya Olimpiya qömitasi rahbari Aleksandr Jukov XOQdagi a'zolik tiklanganini tasdiqlagan. 

“Bugun biz XOQdan a'zolik tiklangani haqida maktub oldik. ROQning a'zoligi tiklanişi Pyongçangdagi Olimpiadadan olingan doping-sinovlar tekşirilişi tugaşi bilan boğlangan. XOQ rossiyalik sportçilar doping-sinovlarining qolgan natijalari salbiy ekanligini tasdiqlaşi mumkin. Bu esa ROQning huquqlari töliq tiklanganini anglatadi”, deb aytgan Jukov. 

Jukov rossiyalik olimpiyaçilarga XOQ şartlarini bajarganliklari uçun minnatdorlik bildirgan.

XOQqa qaytiş rossiyalik sportçilar Olimpiadalarda mamlakatlari bayroği va madhiyasi ostida iştirok eta oliş imkoniyatini olganlarini anglatadi.   

ROQning huquqlari Pyongçangdagi Olimpiadaning söngida tiklanişi va rossiyalik sportçilarga öyinlar yopilişi marosimida bayroq qaytarilişi kutilgandi, biroq bu yuz bermadi. Bunga esa Olimpiadada iştirok etgan kyorlingçi Aleksandr Kruşelnitskiy va bobsleyçi Nadejda Sergeyevaning aksildoping qoidalarni buzganlari bilan boğliq holatlar asosiy sabab bölgan.